29 Iyul 2026
232
Sohil voleyboli boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi “CAVA Beach Volleyball Championship” turnirida gʻalaba qozondi
Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da sohil voleyboli boʻyicha “CAVA Beach Volleyball Championship” musobaqasi yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston ayollar terma jamoalari oltin va bronza medallariga sazovor boʻldi. Birinchi jamoamiz finalda Qirgʻiz Respublikasini 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Bronza medali uchun kechgan ikkinchi va uchinchi jamoalarimiz oʻrtasidagi bahsda ikkinchi jamoa ustun keldi.
Ayollar:
🥇 Oʻzbekiston (1)
🥈 Qirgʻiz Respublikasi
🥉 Oʻzbekiston (2)
Erkaklar:
🥇 Eron (1)
🥈 Qozogʻiston
🥉 Eron (2)