Abdulaziz Xolmirzayev Bokuda oʻtkazilayotgan sport kurashlari boʻyicha U17 jahon chempionatida dastlabki medalimizni keltirdi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida sport kurashlari boʻyicha U17 yosh toifasidagi jahon chempionati boshlandi. Yunon-rum kurashi ustalari ishtirokida oʻtayotgan bellashuvlarda Oʻzbekiston terma jamoasi dastlabki medaliga sazovor boʻldi. -80 kg vazn toifasida ishtirok etgan Abdulaziz Xolmirzayev murosasiz bellashuvlarda bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bugun kun davomida 5 nafar kurashchi qizimiz saralash bahslarini oʻtkazishsa, 4 nafar “klassik” kurashchimiz medallar uchun gilamga chiqadi:
🏆 Final:
-51 kg: Bunyod Hasanov – Abdurahmon Huseynli (Ozarbayjon)
🥉 Bronza medali uchun:
-45 kg: Afruzbek Ibragimov – Vazgen Vardanyan (Armaniston) / Arslan Iliyev (Rossiya)
-60 kg: Sadriddin Toʻlqinboyev / Muhammad Ahmed (Misr) – Aleksandru Lungu (Ruminiya)
-92 kg: Mirjalol Shavkatov – Zoxrab Safarov (Ozarbayjon) / Amirrizo Mehri (Eron)