19 Iyul 2026
75
Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi ham Osiyo chempionatini birinchi oʻrinda yakunladi
Iordaniya poytaxti Amman shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati oʻz nihoyasiga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida sportchilarimiz 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.
🥇 Oltin medal:
-90 kg: Behruzbek Rustamboyev
+100 kg: Fazliddin Rafikov
-70 kg: Durdona Tursunova
+78 kg: Zarina Bobonazarova
🥈 Kumush medal:
-100 kg: Muhammadali Sadullayev
🥉 Bronza medal:
-81 kg: Kamronbek Qodirov
-78 kg: Shoira Aminova
Shu tariqa, yosh dzyudochilarimiz 7 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medallari bilan oʻsmirlar jamoasi kabi musobaqani umumjamoa hisobida birinchi oʻrinda yakunlashdi.