18 Iyul 2026 139

Yosh suzuvchilarimiz Osiyo chempionatining bugungi kunida oltin va bronza medallarini qoʻlga kiritishdi

Tailandda oʻtkazilayotgan suv sporti turlari boʻyicha yosh guruhlari oʻrtasidagi Osiyo chempionatining bugungi kuni ham terma jamoamiz a’zolari uchun muvaffaqiyatli kechdi. Suzish boʻyicha tashkil etilgan bellashuvlarda yurtdoshlarimiz 1 tadan oltin va bronza medallariga ega chiqishdi:

🥇 Oltin medal:
— Muhammadismoil Rahmonov (U18 yosh, 200 metrga brass)

🥉 Bronza medal:
— Parizod Abdukarimova (U18, 100 metrga chalqancha)

Text to speech