17 Iyul 2026 59

“Klassik” kurashchilarimiz Budapeshtdagi reyting turnirida qatnashishmoqda

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida sport kurashlari boʻyicha UWW reyting seriyasi turkumiga kiruvchi musobaqa boʻlib oʻtmoqda. Turnirda oʻzbekistonlik yunon-rum kurashi ustalari ishtirok etishadi. Bugundan hamyurtlarimiz medallar uchun kurashni boshlashadi. Kun davomida 5 nafar yurtdoshimiz saralash bahslarida ishtirok etishlari belgilangan. Ular musobaqani quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi:

-67 kg: Aytjan Xalmaxanov – Mustafo Yildirim (Turkiya) / Yixan Yuu (Xitoy)
-67 kg: Sardor Yoʻldoshev – Meyrjan Shermaxanbet (Qozogʻiston)
-77 kg: Doniyor Nakibov – Ali Arsalan (Serbiya)
-77 kg: Jamol Jumaboyev – Aman (Hindiston)
-77 kg: Abdullo Aliyev – Keongbin Li (Koreya Respublikasi)

Text to speech