17 Iyul 2026
77
Yosh dzyudochilarimiz Osiyo chempionatini 12 ta medal bilan boshlashdi
Iordaniya poytaxti Amman shahrida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati start oldi. Musobaqaning ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 6 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
🥇 Oltin medal:
-50 kg: Akbar Sharifov
-60 kg: Davlatbek Axrorov
-66 kg: Akromjon Karimov
-40 kg: Iroda Sirojiddinova
-44 kg: Dilafroʻz Boltaboyeva
-48 kg: Charos Hikmatova
🥈 Kumush medal:
-55 kg: Bobur Yusupov
-44 kg: Alina Kolyucheva
🥉 Bronza medal:
-50 kg: Mamurjon Abduvaxobov
-60 kg: Abubakr Sattorov
-48 kg: Mohinur Olloberganova
-52 kg: Kumushbibi Ergasheva