8 May 2026
77
Dzyudochilarimiz Astana “Katta dubulgʻa” turnirini oltin va bronza medallari bilan boshlashdi
Bugun Qozogʻiston poytaxti Astana shahrida dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turniri boshlandi. Musobaqaning ilk kunida Oʻzbekiston terma jamoasi 1 tadan oltin va bronza medaliga sazovor boʻldi.
Har ikki medalni -66 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchilarimiz keltirishdi. Bugun barcha raqiblaridan ustun ekanini koʻrsatgan Abdurahim Nutfulloyev finalda rossiyalik Saigad Kerimovni magʻlub etib, oltin medalga ega chiqdi. Shuningdek, bronza medali uchun kurashda Anvarjon Ibrohimov qozogʻistonlik Nurkanat Serikbayevdan ustun keldi va shohsupadan joy oldi.