15 Iyul 2026 81

Anvar Anvarov Vengriyadagi turnirda kumush medalni qoʻlga kiritdi

Vengriyaning Budapesht shahrida yengil atletika boʻyicha “Hungarian Athletics Grand Prix” turniri boʻlib oʻtdi. Butunjahon yengil atletika federatsiyasining oltin darajadagi taqvimidan oʻrin olgan mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Anvar Anvarov ham ishtirok etib, kumush medalga sazovor boʻldi. Uzunlikka sakrash dasturida qatnashgan hamyurtimizning ikkinchi urinishda qayd etgan 8,12 metr natijasi unga shohsupaning ikkinchi pogʻonasiga koʻtarilishini taʼminladi.

“Hungarian Athletics Grand Prix”, Vengriya
Uzunlikka sakrash, erkaklar:


🥇 Miltiadis Tentoglu (Gretsiya) – 8,31 m
🥈 Anvar Anvarov (Oʻzbekiston) – 8,12 m
🥉 Saymon Bats (Germaniya) – 8,12 m

Text to speech