8 May 2026
80
“Axalteke tulpori – xalqlar doʻstligi ramzi” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi
Toshkentda “Sharq marvaridi-2026” ot poygasi musobaqasi va koʻrgazmali chiqishlarini oʻz ichiga olgan tadbirlar boshlandi. Bugun anjumanning ilk kunida “Axalteke tulpori – xalqlar doʻstligi ramzi” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazildi.
Unda Sport vazirligi va MOQ mutasaddilari, ishtirokchi davlatlar ot sporti federatsiyalarining vakillari, ilmiy va akademik doiralar, yilqichilik sohasi olimlari, tadqiqotchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashishdi.
Tadbirda sohani rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy yondashuvlarni amaliyotga joriy etish hamda milliy otchilik anʼanalarini asrab-avaylash masalalari muhokama qilindi. Konferensiyada jami 250 nafarga yaqin ishtirokchi ishtirok etdi.