8 May 2026 192

Otabek Umarov FIA Senati yigʻilishida qatnashdi

Xalqaro avtomobil federatsiyasining (FIA) shtab-kvartirasi joylashgan Parij shahrida tashkilot Senatining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston MOQ raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov birinchi bor Senat aʼzosi sifatida ishtirok etdi.

Qayd etish joiz, Otabek Muhammadaliyevich mana shunday muhim boshqaruv organining tadbirida Markaziy Osiyo mintaqasidan qatnashgan dastlabki vakil boʻldi.

FIA Prezidenti Muhammad Ben Sulayem raisligida oʻtgan tadbirda jahon avtosporti va mobillik yoʻnalishlariga oid istiqbolli rejalar, yirik loyihalar koʻrib chiqildi. Qolaversa, tashkilotning uzoq muddatli strategiyasiga oid takliflar tinglandi.

Yigʻilish yakunida tashkilotning xalqaro maydondagi oʻrnini yanada mustahkamlashga oid vazifalar belgilab olindi.

Ma’lumot uchun, FIA Senati tashkilot Bosh Assambleyasiga strategik tavsiyalar kirituvchi asosiy boshqaruv organlaridan biri boʻlib, uning faoliyatida shaffoflik, hisobdorlik va moliyaviy barqarorlikni taʼminlashda muhim oʻrin tutadi.

Text to speech