8 May 2026
408
Velotrek boʻyicha Toshkent Gran-pri turniri oʻtkazildi
Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da velosportning trek yoʻnalishi boʻyicha “Tashkent Grand Prix” musobaqasi boʻlib oʻtdi. 8 mamlakatdan 100 nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan turnirda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari yuqori natijalarni qayd etishdi.
Xususan, erkaklar oʻrtasidagi bellashuvlarda Sergey Rostovsev oʻzi ishtirok etgan barcha dasturda gʻalaba qozonib, 5 ta oltin medalga sazovor boʻldi. Ayollar oʻrtasidagi bahslarda esa Nafosat Koziyeva 1 ta oltin va 3 ta kumush medalga ega chiqdi.