2 Iyul 2026 136

Ilgiz Tantashevga Paragvay — Fransiya oʻyini topshirildi

Futbol boʻyicha jahon chempionatida faoliyat olib borayotgan oʻzbekistonlik hakamlar brigadasiga navbatdagi oʻyin ishonib topshirildi. Hamyurtimiz Ilgiz Tantashev 1/8 final doirasidan oʻrin olgan Paragvay — Fransiya uchrashuvini boshqaradi.

Unga qanotlarda Andrey Tsapenko hamda Timur Gaynullin yordam beradi. Oʻyin 4-iyul kuni AQSHning Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs AQSh mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanalar doirasiga to‘g‘ri keladi.

Text to speech