1 Iyul 2026
98
“Uimbldon-2026”: Kudermetova imkoniyatni boy berdi
Tennischimiz Polina Kudermetova “Uimbldon” turniridagi ishtirokini yakunladi. Birinchi davrada neytral maqomdagi Lyudmila Samsonovaga qarshi bahs olib borgan Kudermetova ikki setda imkoniyatni boy berdi.
Polina Kudermetova — Lyudmila Samsonova (Neytral sportchi) 3:6, 3:6
Shu tariqa, tennischilarimizdan Kamilla Rahimova hamda Mariya Timofeyeva turnirning ikkinchi davrasiga yoʻl olishdi. Ular 2-iyul kuni quyidagi raqiblariga qarshi kortga chiqishadi:
Kamilla Rahimova — Mariya Sakkari (Gretsiya);
Mariya Timofeyeva — Eliza Mertens (Belgiya).