30 Iyun 2026
96
“Uimbldon-2026”: Kamilla Rahimova birinchi davrada gʻalaba qozondi
Tennischimiz Kamilla Rahimova “Uimbldon” turnirining ilk bosqichini muvaffaqiyatli oʻtkazdi. Ukrainalik Anxelina Kalininaga qarshi kortga chiqqan Kamilla 3 setda gʻalabaga erishdi.
Kamilla Rahimova — Anxelina Kalinina (Ukraina) 4:6, 6:4, 7:5
Endi hamyurtimiz ikkinchi davrani gretsiyalik Mariya Sakkariga qarshi oʻtkazadi. Shuningdek, kun davomida Polina Kudermetova hamda Mariya Timofeyeva ham dastlabki bosqich bahslarini oʻtkazishadi.