30 Iyun 2026 122

Sport kurashlari boʻyicha U15 yosh toifasidagi Osiyo chempionati yakunlandi

Tailangning Pattaya shahrida sport kurashlari boʻyicha U15 yosh toifasidagi Osiyo chempionati nihoyasiga yetdi. Oʻtkazilgan erkin kurash bahslarida yurtdoshlarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

🥇 Oltin medal:
-38 kg: Otabek Toʻxtamurodov

🥈 Kumush medal:
-41 kg: Asomiddin Badriddinov
-62 kg: Ismoiljon Nazirjonov

🥉 Bronza medal:
-57 kg: Ozodbek Abduvoitov
-68 kg: Behruz Davronov

Bugun musobaqada dam olish kuni. Ertadan U20 yosh toifasidagi bahslar boshlanadi.

Text to speech