30 Iyun 2026
127
Badiiy gimnastikachilarimiz Jahon chellenj kubogida 4 ta medalga sazovor boʻlishdi
Ruminiyaning Kluj-Napoka shahrida badiiy gimnastika boʻyicha Jahon chellenj kubogi bosqichi boʻlib oʻtdi. Mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etib, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.
🥈 Kumush medal:
Taxmina Ikromova (tasma)
🥉 Bronza medal:
Taxmina Ikromova (koʻpkurash)
Guruh mashqi (koʻpkurash)
Guruh mashqi (3 ta halqa + 2 juft bulava)