26 Iyun 2026 107

"Uimbldon-2026”: Uch nafar tennischimiz asosiy davrada ishtirok etadi

Londonda oʻtkazilayotgan tennis boʻyicha "Uimbldon" “Katta dubulgʻa” turnirining saralash bahslari yakuniga yetdi. Quvonarlisi, ortda qolgan kun kvalifikatsiyaning soʻnggi bosqichida kortga chiqqan ikki tennischimiz irodali gʻalabaga erishib, asosiy davraga yoʻl olishdi.

Mariya Timofeyeva – Xiter Uotson (Buyuk Britaniya) 3:6, 6:2, 6:1
Polina Kudermetova – Alina Charayeva (Neytral sportchi) 4:6, 6:4, 6:1

Shu tariqa, 29-iyun start oladigan turnirning asosiy davrasida Kamilla Rahimova, Polina Kudermetova hamda Mariya Timofeyeva yurtimiz sharafini himoya qiladigan boʻlishdi.

Text to speech