25 Iyun 2026
109
Tennischilarimiz "Uimbldon" turnirida ishtirok etishmoqda
29-iyun – 12-iyul kunlari Buyuk Britaniyaning London shahrida tennis boʻyicha “Katta dubulgʻa” turkumiga kiruvchi "Uimbldon" turnirining asosiy davra bahslari boʻlib oʻtadi.
Ayni paytda jahon tasnif jadvalining 65-pogʻonasini egallab turgan yurtdoshimiz Kamilla Rahimova mazkur turnirning asosiy davrasida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, yana ikki nafar tennischimiz Mariya Timofeyeva hamda Polina Kudermetova saralash bosqichida qatnashishmoqda. Bugun har ikki yurtdoshimiz asosiy davraga yoʻl olish uchun quyidagi raqiblarga qarshi soʻnggi kvalifikatsiya bahsini oʻtkazishadi:
Mariya Timofeyeva – Xiter Uotson (Buyuk Britaniya)
Polina Kudermetova – Alina Charayeva (Neytral sportchi)