17 Iyun 2026 82

Ikki nafar konkurchimiz jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi

18-23-avgust kunlari Germaniyaning Axen shahrida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Xalqaro ot sporti federatsiyasi mazkur musobaqaning saralash davri boʻyicha yakunlarni eʼlon qildi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Abdurahmon Abdullayev va Bekzod Qurbonov dunyo birinchiligida qatnashish huquqini qoʻlga kiritishdi. Chavandozlarimiz jahon chempionatida 155 va 160 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash bahslarida oʻz imkoniyatlarini sinab koʻrishadi.

Text to speech