16 Iyun 2026
154
Jaloliddin Masharipov jahon chempionatini oʻtkazib yuboradi
Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatidagi qaydnomasida oʻzgarish. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Jaloliddin Masharipov jarohatdan toʻliq tiklana olmagani sabab mundialni oʻtkazib yuborishini ma’lum qildi. Uning jamoadagi oʻrnini Ruslanbek Jiyanov egallaydi.