15 Iyun 2026
96
Sobir Ro’ziyevni tabriklaymiz!
Bugun oʻzbek qilichbozligi dargʻasi, Moskva-1980 yozgi Olimpiya o’yinlarining kumush medali sovrindori, jahon chempionatlarining 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medali sohibi, MOQning sobiq raisi, “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sportchi” faxriy unvoni sohibi Sobir Ro’ziyev tug’ilgan kunini nishonlamoqda.
O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi Sobir Sobitovichni bugungi tavallud ayyomi bilan qutlab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.