13 Iyun 2026 128

Osiyo chempionatida ishtirok etadigan qilichbozlarimiz nomi ma’lum

18-24-iyun kunlari Hindistonning Nyu-Dehli shahrida qilichbozlik bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Qit’amizning eng kuchli qilichbozlari jam bo‘ladigan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etishadi. Sportchilarimiz quyidagi tarkibda qit’a birinchiligida qatnashishadi:

Sablya, erkaklar: Musa Aymuratov, Islambek Abdazov, Sardor Abdukarimbekov, Alpomish Oʻroqboyev.
Ayollar: Zaynab Dayibekova, Gulistan Perdibayeva, Fernanda Errera, Ayakoz Jumamuratova, Samira Shokirova.

Rapira, erkaklar: Radmir Semeneyev, Ulugʻbek Usmanov, Ilyas Molina, Danil Kravsov.
Ayollar: Polina Volobuyeva.

Shpaga, erkaklar: Meyrxan Temurov, Javohir Nurmatov, Ahmad Fayziyev, Vadim Anoxin.
Ayollar: Dilnaz Murzatayeva, Malika Hakimova, Shahzoda Egamberdiyeva, Sevara Rahimova.

Text to speech