11 Iyun 2026
203
Assalom, mundial!
Bugun AQSh, Kanada va Meksika davlatlari mezbonlik qiladigan futbol jahon chempionati start oladi. Musobaqaning ochilish oʻyinida Meksika va JAR jamoalari oʻzaro toʻqnash kelishadi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan 12-iyunga oʻtar kechasi 00:00 da start oladi.
Eslatib oʻtamiz, oʻz tarixida ilk bor mundialda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi “K” guruhida Portugaliya, Kolumbiya va Kongo DR jamoalari bilan bahs olib boradi. Jamoamizning Kolumbiyaga qarshi dastlabki tur uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 18-iyun tongiga toʻgʻri keladi.