Oʻzbekiston va Qirgʻiz Respublikasi Olimpiya qoʻmitalari sport sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Qirgʻiz Respublikasi Milliy Olimpiya qoʻmitasi Prezidenti, Xalqaro muz ustida xokkey federatsiyasi vitse-prezidenti Ayvaz Omorkanovning mamlakatimizga tashrifi Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi rasmiylari bilan oʻtgan uchrashuv bilan yakunlandi. Unda ikki tomonlama hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Suhbat davomida ikki qardosh mamlakat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni sport orqali yanada mustahkamlash, istiqbolli qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, yirik xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik jarayonida milliy terma jamoalar ishtirokida qoʻshma oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini tashkil etish hamda tajriba almashish yoʻnalishlarida fikr almashildi.
Shuningdek, Ayvaz Omorkanov ertaga start oladigan futbol boʻyicha jahon chempionatida Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga omad tiladi.