10 Iyun 2026
102
Ayvaz Omorkanov Islom sivilizatsiyasi markazida mehmon boʻldi
Tashrif chogʻida martabali mehmonga mazkur markazning barpo etilish tarixi, uning asosiy faoliyat yoʻnalishlari hamda Oʻzbekistonning boy ilmiy-maʼrifiy merosi va islom sivilizatsiyasi rivojiga qoʻshgan beqiyos hissasi haqida atroflicha maʼlumot berildi.
Qirgʻiz Respublikasi Milliy Olimpiya qoʻmitasi Prezidenti, Xalqaro muz ustida xokkey federatsiyasi vitse-prezidenti Ayvaz Omorkanov markazdan oʻrin olgan noyob ekspozitsiyalar, tarixiy qoʻlyozmalar va madaniy merosni asrab-avaylashga qaratilgan loyihalar bilan yaqindan tanishdi. Tashrif yakunida Ayvaz Anvarbekovich majmua yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosini keng targʻib etishdagi ahamiyatini yuqori baholashdi.