5 May 2026 389

Asaka va Boʻston tumanlaridagi sport toʻgaraklarining faoliyati oʻrganildi

Rasmiylar oʻrganish ishlari davomida Asaka va Boʻston tumanlariga tashrif buyurib, ushbu hududlardagi maktablarda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarni oʻrganishdi.

Dastlabki manzil Asaka tumanidagi 6-umumta’lim maktabi boʻldi. Mutasaddilar ushbu muassasada yoʻlga qoʻyilgan sport toʻgaraklari, yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

Shuningdek, Boʻston tumanidagi sport maktabiga ham tashrif buyurildi. Oʻrganish ishlari davomida muassasada qanday sport seksiyalari yoʻlga qoʻyilgani, yoshlarning erishayotgan yutuqlari tahlil qilinib, mutaxassislarga kerakli tavsiyalar berildi.

Shuning bilan ishchi guruhning Andijon viloyatiga tashrifi yakuniga yetdi.

Text to speech