8 Iyun 2026
105
Mariya Timofeyeva Xorvatiyadagi WTA125 turnirida gʻalaba qozondi
Xorvatiyaning Makarska shahrida tennis boʻyicha WTA125 tasnifiga kiruvchi musobaqa oʻtkazildi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Mariya Timofeyeva bosh sovrinni qoʻlga kiritdi.
Yurtdoshimiz final bahsida latviyalik Darya Semenistayani 6:2, 6:3 hisoblarida magʻlubiyatga uchratishga erishdi. Ushbu gʻalabadan keyin ochkolarini 125 taga koʻpaytirib olgan tennischimiz jahon tasnif jadvalida 27 pogʻona yuqorilab, 91-oʻringa koʻtarilib oldi.