4 May 2026
45
Andijonlik yoshlar Diyora Keldiyorova hamda Hasanboy Doʻsmatovdan mahorat saboqlarini olishdi
Rasmiylar tashrif davomida “Universal” sport majmuasi, Oʻtkirbek Haydarov boks maktabi hamda shahardagi tennis maktabida boʻlishdi.
Rasmiylar “Universal” majmuasida Andijon davlat universiteti (ADU) talabalari uchun jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha sport sinovlariga start berish jarayonida qatnashib, talaba yoshlar bilan suhbatlashishdi.
Tadbir doirasida Olimpiada chempionlari Diyora Keldiyorova hamda Hasanboy Doʻsmatov ishtirokida mahorat saboqlari tashkil qilindi.
Shuningdek, tashrif davomida shahardagi sport muassasalarining infratuzilmasi, toʻgaraklar jadvali, mavjud sharoitlar bilan tanishib, ish samaradorligini oshirish boʻyicha zarur koʻrsatma va takliflar berildi.