28 May 2026
112
Futzal boʻyicha mamlakat chempionatining gʻolib va sovrindorlari taqdirlanishdi
Bugun futzal boʻyicha yangi mavsum yakunlandi. XXIX bor oʻtkazilgan milliy chempionatning soʻnggi tur bellashuvlaridan keyin taqdirlash marosimi tashkil etildi.
Tadbirda MOQ va mamlakat futzal federatsiyasi rahbariyati qatnashib, gʻolib va sovrindorlarni taqdirladi.
Qiziqarli oʻyinlarga boy boʻlgan mavsumda Jizzaxning “BMB PFC” jamoasi oltin medallarga sazovor boʻldi. Vitse-chempionlik SQB klubiga nasib etgan boʻlsa, “Oil star” bronza medallariga ega chiqdi.