28 May 2026
224
Toshkentda dzyudo bo‘yicha Osiyo kubogi boshlandi
Toshkentda dzyudo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi start oldi. "Olimpiya shaharchasi" mezbonlik qilayotgan musobaqada 11 mamlakatdan 1200 nafardan ziyod sportchi ishtirok etadi.
Dasturga ko‘ra 28-29-may kunlari o‘smirlar, 30-31-may kunlari esa yoshlar o‘rtasidagi bahslar bo‘lib o‘tadi.