FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
4 May 2026 36

Kun dayjesti: Boks boʻyicha Osiyo chempionati, eng kuchli qilichbozlar bahsi, konkur turniri yakuni

🥊 Toshkentda boks boʻyicha U15 va U17 Osiyo chempionati oʻtkazilmoqda

Poytaxtimiz mezbonlik qilayotgan boks boʻyicha U15 va U17 yosh toifalaridagi qit’a birinchiligi qizgʻin davom etmoqda. Bugun musobaqaning ikkinchi kun bellashuvlariga start berildi. Bahslarda jami 56 nafar sportchimiz medallar uchun jang olib boradi. Turnir 15-mayga qadar davom etadi.

🤺 Eng kuchli qilichbozlarimiz Toshkentda jam boʻlishdi

Toshkentda qilichbozlik boʻyicha kattalar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati boshlandi. 8-mayga qadar davom etadigan musobaqada Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan eng kuchli qilichbozlar bellashishmoqda. Mamlakat birinchiligi Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi tomonidan joriy etilgan yangi qoidalar asosida oʻtkazilyapti. Ahamiyatlisi, bahslardagi shaffof va adolatli hakamlikni ta’minlash maqsadida musobaqaga xorijlik referilar ham jalb etilgan.

🏇 Konkur boʻyicha xalqaro turnir yakunlandi

Konkur boʻyicha Toshkent mezbonlik qilgan Jahon kubogining mintaqaviy saralash bosqichi yakunlandi. Musobaqaning oxirgi dasturlarida hamyurtlarimiz 1 ta kumush va 3 ta bronza medallariga ega chiqishdi.

🥈 Kumush medal:
115 sm: Lochin Tohirjonov (“Golden star”)

🥉 Bronza medal:
130 sm: Miryoqub Ismoilov (“Just Perfect”)
115 sm: Farruh Usmonov (“Bucephal”)
6 toʻsiqli sakrash: Ashrafxon Negmatov (“Casamira”)

Text to speech