28 May 2026 232

“Manchester Siti” futbol klubi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida Angliyaning “Manchester Siti” futbol klubi, “Kinkladze Global” hamda “SMH Sports” kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda Sport vazirligi, MOQ va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi.

Tomonlar O‘zbekistonda professional futbolni yanada rivojlantirish, iqtidorli yosh futbolchilarni seleksiya qilish va murabbiylar malakasini oshirish yo‘nalishidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi. Uchrashuvda “City Football Group” bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mahalliy professional klublari bilan sheriklik aloqalarini o‘rnatish, yosh futbolchilar uchun “Manchester Siti” metodikasi asosida maxsus tayyorgarlik dasturlarini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Oʻz navbatida, Angliya klubining hamkorlik dasturi boʻyicha direktori Jonatan Smit oʻzbek futboli dunyo e’tiboriga tushganini alohida ta’kidlab, mehmonlarda mamlakatimizdagi iqtidorli yoshlarni koʻzdan kechirishga katta qiziqish uygʻonganini qoʻshimcha qildi.

Tashrif doirasida mehmonlar “Olimpiya shaharchasi” infratuzilmasi, “Paxtakor” va “Bunyodkor” klublari mashg‘ulot jarayonlarini koʻzdan kechirish barobarida hududlardagi qator klublarning faoliyati bilan ham tanishishishi koʻzda tutilgan.

Text to speech