26 May 2026 118

Taxmina Ikromova yana bir karra Osiyo chempionligini qoʻlga kiritdi

Qirgʻiz Respublikasida oʻtkazilayotgan badiiy gimnastika boʻyicha Osiyo chempionatining navbatdagi bellashuvlari ham Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli oʻtdi. Qiziqarli chiqishlar ostida kechgan bahslarda sportchilarimiz 4 ta oltin va 1 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

🥇 Oltin medal:
Taxmina Ikromova (kattalar, yakkalik koʻpkurash)
Guruh mashqining koʻpkurash dasturi (kattalar)
Sabina Kagirova (yoshlar, toʻp bilan mashq)
Guruh mashqining 5 ta toʻp bilan mashqi (yoshlar)

🥉 Bronza medal:

Natalya Usova (kattalar, yakkalik koʻpkurash)

Text to speech