26 May 2026
116
Kurashchi qizlarimiz umumjamoa hisobida uchinchi boʻlishdi
Danang shahrida (Vyetnam) sport kurashlari boʻyicha U23 yosh toifasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda. Ortda qolgan kun hamyurtlarimiz 1 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.
🥈 Kumush medal:
-97 kg: Sherzod Poyonov
🥉 Bronza medal:
-70 kg: Shahzodbek Yarashev
-53 kg: Dilshoda Matnazarova
-62 kg: Miyasar Kushmuratova
Ahamiyatlisi, ayollar kurashi boʻyicha terma jamoamiz musobaqada 134 ochko jamgʻarib, umumjamoa hisobida uchinchi oʻrinni egalladi.