25 May 2026 361

Dopingga qarshi kurashish masalalari tanqidiy muhokama qilindi

Sport vazirligida dopingga qarshi kurashish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi hamda Milliy antidoping agentligi rahbariyati, shuningdek, sport federatsiya va assotsiatsiyalarining masʼul vakillari ishtirok etishdi.

Tanqidiy ruhda kechgan yigʻilishda joriy yilning oʻtgan qismi davomida doping qoidalarining buzilishi bilan bogʻliq holatlar tahlil qilinib, mavjud kamchiliklar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Rasmiylar federatsiyalar masʼullariga vaziyatni toʻliq nazoratga olish, sportchilarning ADAMS tizimidagi joylashuv maʼlumotlarini muntazam kuzatib borish hamda antidoping qoidalariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash boʻyicha aniq topshiriqlar berishdi.

Taʼkidlanganidek, oldinda Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo oʻyinlari va boshqa qator nufuzli xalqaro musobaqalar turibdi. Shu munosabat bilan yigʻilishda terma jamoa aʼzolarining ushbu startlarda toʻliq tarkibda ishtirokini taʼminlash, sportchilar oʻrtasida profilaktik tushuntirish ishlarini kuchaytirish va antidoping nazoratini yanada takomillashtirish boʻyicha muhim vazifalar belgilab olindi.

Text to speech