30 Aprel 2026 2182

Toshkentda ot yoʻrttirish boʻyicha xalqaro turnirlar oʻtkazildi

Toshkentda ot sportining turli yoʻnalishlari boʻyicha nufuzli musobaqalar oʻtkazilmoqda. Bugun ot yoʻrttirish boʻyicha CDI3* va CDI1* tasnifidagi xalqaro turnirlar yakunlandi.

CDI3* tasnifidagi musobaqaning katta sovrini hamyurtimiz Alina Shevsovaga nasib etdi. Sportchimiz “Zamperoni” laqabli otida Gran-pri sovriniga ega chiqdi.

Ahamiyatlisi, Shevsova CDI1* yoʻnalishida ham eng yuqori ball jamgʻarishga erishdi. Ushbu dasturda unga “Nosito De Muze” tulpori hamrohlik qildi. Shuningdek, Feruza Abdullayeva “Lider” oti bilan bronza medaliga sazovor boʻldi.

Text to speech