6 Mart 2026 117

Oksana Chusovitina yana finalda

Boku shahrida oʻtayotgan sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogining dastlabki saralash bahslari ortda qoldi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Oksana Chusovitina tayanib sakrash dasturida final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Hamyurtimiz kvalifikatsiyada 13.049 ball bilan uchinchi pogʻonani egalladi. Mazkur yoʻnalishdagi final 7-mart sanasiga belgilangan. Shuningdek, u bugun toʻsindagi mashq dasturida ham saralash bosqichida qatnashadi.

Yigitlarimizdan Abdulaziz Mirvaliyev va Humoyun Ismoilov erkin mashq, Rasuljon Abdurahimov esa parallel brusdagi mashqda ishtirok etishdi. Biroq ular toʻplagan ball final uchun yetarli boʻlmadi.

Text to speech