Rasmiylar qarshilik yosh sportchilar bilan uchrashishdi
Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbariyati Qashqadaryo viloyatidagi o‘rganish ishlarini Qarshi shahrida joylashgan Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hamda shahar kurash mahorati maktabidan boshladi.
O‘rganish ishlari davomida rasmiylarga viloyat hokimi hamrohlik qildi. Mutasaddilar sport muassasalarida dzyudo, boks, og‘ir atletika, yengil atletika, kamondan otish, velosport, sport kurashlari kabi turlar bilan shug‘ullanayotgan yoshlar bilan uchrashib, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, yangi barpo etilayotgan Kasaba uyushmalari federatsiyasi tasarrufidagi Qarshi suv sporti saroyidagi qurilish ishlari ham koʻzdan kechirildi.
Tashrif davomida sportimiz yulduzlari yoshlarga mahorat saboqlarini koʻrsatishdi.