FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
26 Aprel 2026 10

Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston sportida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston rasmiylari oʻrtasida jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishdagi oʻzaro hamkorlik mavsuzida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Moʻgʻuliston Prezidenti maslahatchisi Sharxu Amarsayxan boshchiligidagi delegatsiya hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi va MOQ rahbariyati qatnashdi.

Tomonlar jismoniy tarbiya va sport, Olimpiya harakati yoʻnalishlarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish hamda qoʻshma loyihalarni koʻrib chiqish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, uchrashuv davomida kelasi oy Toshkentda oʻtadigan boks boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorlanayotgan Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston terma jamoalari ishtirokida qoʻshma oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari haqida ham soʻz bordi.

Yakunda tomonlar mavjud aloqalarni yanada mustahkamlash va uni yangi bosqichga olib chiqish borasida fikr almashdilar.

Text to speech