Toshkent shahrida ommaviy sportni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi va Toshkent shahar hokimligi rahbariyati ishtirokida poytaxtimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbirda tuman hokimlari, poytaxtimizdagi oliy oʻquv yurtlari rektorlari hamda qator mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi. Yigʻilishda “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari”, “Yangi Oʻzbekiston talabalar Olimpiadasi”, “Besh tashabbus Olimpiadasi” kabi ommaviy sport musobaqalarini tashkil etishga doir masalalar atroflicha koʻrib chiqildi.
Rasmiylar bu kabi sport tadbirlari iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish, yoshlarni sportga keng jalb etish hamda mavjud sport infratuzilmasidan samarali foydalanish kabi yoʻnalishlarda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladilar. Yigʻilish yakunida mavzu yuzasidan qator vazifalar belgilab olindi.