12 Aprel 2026
62
Nenad Lalovich Toshkentga tashrif buyurdi
Poytaxtimizda oʻtkazilayotgan xalqaro musobaqalarning yana bir faxriy mehmoni — Birlashgan kurash dunyosi (UWW) Prezidenti Nenad Lalovich Toshkentga keldi. Martabali mehmonni Sport vazirligi va MOQ rahbariyati Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib oldi.
Janob Lalovich tashrifi davomida taekvondo WT boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatining tantanali ochilish marosimiga tashrif buyurishi kutilmoqda.