26 Aprel 2026
784
Chavandozlarimiz yana 2 ta oltin medalga ega chiqishdi
Toshkentda oʻtayotgan konkur boʻyicha xalqaro musobaqalarda Oʻzbekiston terma jamoasi yana 2 ta oltin medalga sazovor boʻldi.
Jahon kubogining saralash bosqichi bellashuvlarida Xurshidbek Alimjonov (“Champions League” laqabli otida) 145 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash dasturida, Anna Sigidina (“Elis G”) esa Osiyo kubogi bosqichida 115 smda kechgan bahslarda eng yuqori natija bilan oltin medalga sazovor boʻlishdi.