26 Mart 2026 130

Velotrekchilarimiz Osiyo chempionatida ilk bor jamoaviy yoʻnalishda shohsupaga koʻtarilishdi

Bugun Filippinda velosportning trek yoʻnalishi boʻyicha turli yosh toifalaridagi Osiyo chempionati start oldi. Musobaqaning ilk kunida Oʻzbekiston terma jamoasi bronza medaliga sazovor boʻldi.

Hamyurtlarimiz ushbu natijaga yosh qizlar oʻrtasidagi jamoaviy taʼqib poygasi dasturida erishdilar. Ahamiyatlisi, velosportchilarimiz qitʼa birinchiliklarida ilk bor jamoaviy yoʻnalishda shohsupaga koʻtarilishdi. Musobaqa 31-martga qadar davom etadi.

Text to speech