9 Aprel 2026
172
Chim ustida xokkeychilarimiz Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi
Ayni kunlarda Tailandning Bangkok shahrida chim ustida xokkey boʻyicha erkaklar oʻrtasida Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo oʻyinlariga saralash musobaqasi boʻlib oʻtmoqda. Unda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi Osiyo oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Shri-Lanka, Bangladesh va Xitoy Taipeyi bilan bir kvartetdan oʻrin olgan jamoamiz guruh bosqichida ikkinchi oʻrin bilan yarim finalga yoʻl oldi. Ushbu natija jamoamizga Yaponiyada oʻtadigan Oʻyinlar yoʻllanmasi uchun yetarli boʻldi.
Yigitlarimiz bugun yarim finalda Oʻmonga imkoniyatni boy berib qoʻyishdi. Endi ular uchinchi oʻrin uchun kurashni davom ettirishadi.
Eslatib oʻtamiz, Aichi-Nagoya-2026 XX yozgi Osiyo oʻyinlari joriy yilning 19-sentyabr — 4-oktyabr kunlari boʻlib oʻtadi.