FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
23 Dekabr 2025 1475

“Prezident Olimpiadasi”da gʻolib va sovrindor boʻlgan toshkentlik sportchilar taqdirlanishdi

Joriy yil oʻtkazilgan “Prezident Olimpiadasi” musobaqasida umumjamoa hisobida Toshkent shahri jamoasi faxrli birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan edi. Shu munosabat bilan poytaxtimizdagi “Renessans” kino uyida musobaqada shohsupaga koʻtarilgan Toshkent shahri vakillari, shuningdek, yuqori natija qayd etgan shahar federatsiya boʻlimlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi hamda Toshkent shahar hokimligi rahbariyati, shahar sport boshqarmasi mutasaddilari, sportchilar va ularning yaqinlari ishtirok etdi.

Marosim davomida 51 nafar sportchi planshet, 35 nafar murabbiy televizor bilan taqdirlandi, shuningdek, taekvondo WT, sport kurashlari, badiiy gimnastika va 3x3 basketbol yoʻnalishlarida yangi sport obyektlarini barpo etish uchun federatsiya boʻlimlariga maxsus vaucherlar topshirildi.

Text to speech