7 Fevral 2026
42
Yosh velosportchilarimiz Osiyo chempionatida ikkinchi boʻlishdi
Saudiya Arabistonida oʻtayotgan veloshosse boʻyicha Osiyo chempionatidan yana bir xushxabar. Yoshlar toifasida kechgan navbatdagi bahslarda hamyurtlarimiz shohsupaga koʻtarilishdi.
20 km masofaga kechgan aralash estafeta dasturida hamyurtlarimiz ikkinchi natijani qayd etib, kumush medalga sazovor boʻldilar. Bahslarda Roksana Hikmatova, Gulhayo Sattorova, Fazliddin Ergashev hamda Chingiz Choʻliyev ishtirok etishdi.