17 Aprel 2026 319

Yosh taekvondochilarimiz jahon chempionatini tarixiy natija — 6 ta medal bilan yakunlashdi

Poytaxtimiz mezbonlik qilgan taevkondo WT boʻyicha jahon chempionati oʻz yakuniga yetdi. 115 mamlakatdan 1000 nafarga yaqin sportchini jamlagan mazkur musobaqada sportchilarimiz 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza, jami 6 ta medal jamgʻarib, umumjamoa hisobida faxrli 3-oʻrinni egallashdi.

🥇 Oltin medal:
-48 kg: Yosinbek Odilov
-51 kg: Asadbek Samandarov
-63 kg: Mohidil Oʻktamjonova

🥈 Kumush medal:
-68 kg: Ayubxon Nabiyev
+78 kg: Alisher Pak

🥉 Bronza medal:
-45 kg: Shohjahon Xolmurodov

Bu jamoamizning jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi natijasa boʻldi. Bungacha eng yuqori koʻrsatkich 2024-yil Koreya Respublikasining Chuncheon shahrida oʻtgan dunyo birinchiligida qayd etilgan boʻlib, unda hamyurtlarimiz 1 tadan oltin va bronza medallariga ega chiqishgan edi. Qizlarimiz ham ilk bor jahon chempioni degan sharafli nomga sazovor boʻlishdi. Shuningdek, yigitlarimiz 405 ball bilan ochkolar jamgʻarish boʻyicha 115 davlat orasida umumjamoa hisobida 1-oʻrinni egallashdi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi mazkur musobaqada qoʻlga kiritilgan muvaffaqiyat bilan barcha sportchilarimiz va mamlakat taekvondo WT assotsiatsiyasini samimiy tabriklaydi.

Text to speech