9 Aprel 2026 120

Keunimjayeva hamda Esenbayeva bronza medali uchun kurashadi

Qirgʻiz Respublikasining Bishkek shahrida sport kurashlari boʻyicha Osiyo chempionati davom etadi. Musobaqaning bugungi kunida ayollar kurashi boʻyicha bellashuvlar oʻtkazilib, unda ikki nafar vakilimiz bronza medali uchun gilamga chiqsa, yana besh nafar sportchimiz saralash bahsida ishtirok etadi.

Bronza medali uchun:
-50 kg: Aktenge Keunimjayeva – Nipuni Pedige (Shri-Lanka) / Munxnar Byambasuren (Moʻgʻuliston)
-59 kg: Ulmeken Esenbayeva – Sezim Jumanazarova (Qirgʻiz Respublikasi)

Bugun saralash bahslarida qatnashadigan qizlarimiz va ularning raqiblari:
-53 kg: Sohibjamol Esboʻsinova – Ya Chen (Xitoy Taipeyi)
-57 kg: Laylo Sobirova – Sara Natami (Yaponiya)
-62 kg: Nigina Sobirova – Balqis Taibin (Iordaniya)
-65 kg: Feruza Esenbayeva – Narxajid Nyamsuren (Moʻgʻuliston)
-72 kg: Sevinchoy Polvonova – Maxiro Yoshitake (Yaponiya)

Text to speech