FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
22 Yanvar 2026 642

Yirik musobaqalar va OOK Bosh Assambleyasiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

Bugun Sport, Iqtisodiyot va moliya vazirliklari hamda Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati ishtirokida sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari masʼullari bilan kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi. Unda joriy yilda oʻtkazilishi rejalashtirilgan yirik kompleks musobaqalarga tayyorgarlik jarayonlari, shuningdek, 26-yanvar kuni mamlakatimizda ilk bor tashkil etiladigan Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasiga puxta hozirlik koʻrish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Dastlab, sport federatsiyalari va assotsiatsiyalarini belgilangan talabnomalar asosida moliyalashtirish, ajratilayotgan byudjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek, mazkur jarayonlar ustidan nazoratni kuchaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shu bilan birga, yurtimizda ilk marotaba oʻtkazilayotgan Osiyo Olimpiya kengashi Bosh Assambleyasini yuqori saviyada tashkil etish, tashrif buyuradigan yuqori martabali mehmonlarni munosib kutib olish, tashkiliy, axborot va xavfsizlik masalalarini muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirish boʻyicha qator muhim vazifalar belgilab olindi.

Text to speech