13 Aprel 2026
83
Ta’lim muassasalarida yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar oʻrganildi
Ishchi guruh Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida Qarshi shahridagi 3-son umumta’lim maktabi hamda Qarshi davlat universitetida boʻlib, mazkur ta’lim muassasalarida yo‘lga qo‘yilgan sport to‘garaklari faoliyati, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni atroflicha o‘rgandi.
Universitet tasarrufidagi sport klublarining ishi, istiqboldagi rejalari koʻrib chiqildi. Shunindek, “Yangi Oʻzbekiston talabalari Olimpiadasi” musobaqalarining saralash bosqichi bahslarining qay darajada yoʻlga qoʻyilgani tahlil qilindi.